Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

💊 Tibbiy xizmatlar sifati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M. Yarashev o‘zi saylangan Oqhunboboyev mahallasida deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-son qarori asosida aholiga bepul beriladigan dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy buyumlar holati ko‘rib chiqildi. Mahalladagi oilaviy shifokorlik punkti orqali o‘tgan davrda 62 turdagi tibbiy vositalar 1982 nafar fuqaroga yetkazib berilgani aniqlandi.

Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, hujjatlashtirish va elektron bazadagi ma’lumotlar yuritilishi yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Slide 1 of 1