Aholiga yaratilgan tibbiy sharoitlar deputat nazoratida
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” oilaviy shifokorlik punktida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
🔎 Nazorat jarayonida tibbiyot muassasasida aholiga yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda fuqarolar murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
💬 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
💊 Bundan tashqari, fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati ham o‘rganilib, bu boradagi ishlar tahlil qilindi.
✅ Deputatlik nazorati davomida aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.