Янгиликлар

Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan tumanda atrof-muhitni ifloslanishining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazoratni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

O‘rganish davomida ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarni tartibli boshqarish, yashil hududlarni kengaytirish hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ekologik nazoratni yanada kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarni samarali ijro etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2