#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Chelak axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi.
Tanishuv davomida axborot-kutubxona markazida kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi, elektron xizmatlar hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|