Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Shodmonov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur qonun davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, uning qo‘llanilish doirasini kengaytirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining to‘liq joriy etilishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
O‘rganish jarayonida, tashkilot va muassasalarda ish yuritish hujjatlari, tashqi va ichki yozuvlar, e’lonlar va ko‘rgazmali axborot vositalarining davlat tilida yuritilish holati tahlil qilindi hamda qonun talablariga rioya etilishi, davlat tilining amaliy qo‘llanish darajasi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.