Янгиликлар

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 2-Do‘stobod saylov okrugi deputati Mirsaidov Mirdjamal Mirdjalalovich tomonidan Do‘stobod mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bandligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlar tinglandi. Har bir masala yuzasidan atroflicha fikr almashilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅Deputat tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar mahalla aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1