Axborot-kutubxona faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasaning aholiga, ayniqsa yoshlarga kitobxonlikni targ‘ib etish borasida amalga oshirayotgan ishlari, kitob fondi holati, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish yo‘nalishidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, axborot-kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar sonini oshirish, yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda mavjud muammo va takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirishda muhim аҳамiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 Telegram