Янгиликлар

Deputat faoliyatidan

Tadbirkor mahallasida yoshlar sporti rivoji e’tiborda

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 17-Tadbirkor saylov okrugidan saylangan deputat Boliyev Shuxrat Aliqulovich tomonidan Tadbirkor mahallasida yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi sport maydonchalari, ularning texnik holati hamda jihozlarining yaroqliligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, inshootlarning xavfsizlik talablariga mosligi va aholi uchun yaratilgan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Suhbatlar davomida mavjud imkoniyatlarni yanada yaxshilash, sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4