Янгиликлар

Deputat oʻrganish

📢 Mahalla kutubxonasi — ma’naviyat maskani

​Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari A.Tadjibayev, A.Xudayqulov, O.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ashirmatov hamda "Madad" NNT vakili S.Eshbekov ishtirokida “Shalola” mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi.

​Ushbu jarayon davomida deputatlar mahalla “yettiligi” bilan birgalikda hududdagi tuman Axborot kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

​O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

​Kitob fondining boyligi va mazmuni;
​Yoshlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar;
​Kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘ycha mahalla “yettiligi”ning rejalari.

​Suhbat davomida kutubxonani yanada boyitish va aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

​📌 Maqsad — mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.

Slide 1 of 7