«Ko‘chama-ko‘cha» yurib, aholi dardi tinglanmoqda: Deputatlarning
o‘rganishlari davom etmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputatlarining hududlarda «ko‘chama-ko‘cha» yurib, aholini qiynayotgan tizimli
hamda shaxsiy muammolarni o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda.
9-Birlik saylov okrugi deputati, Ekologiya
partiyasi guruhi a’zosi Sh.Fayziyeva "Birlik" MFY hududidagi ko‘p
qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, ularni
qiynayotgan masalalarni yaqindan o‘rgandi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bir
qator muammolar ko‘tarildi: 🔹 Ko‘p qavatli uylar orasidagi
ichki yo‘llarni asfaltlashtirish; 🔹 Moddiy yordam olishda amaliy ko‘mak; 🔹 Ko‘p qavatli uylarga isitish tizimini o‘tkazish.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan
murojaatlarning har biri alohida nazoratga olindi. Jumladan, moddiy yordam
so‘rab murojaat qilgan fuqaroning masalasi tegishliligi bo‘yicha mahalla
ijtimoiy xodimiga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.
Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/
Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw