Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans – umummilliy say-harakatlarimiz poydevori
янв.21
Yoshlar bilan yuzma-yuz
янв.21
Hodimlar va o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligini ta'minlash yo'lida
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi
янв.21
Targ‘ibot tadbiri va sayyor qabul
янв.21
Davlatimiz rahbari Pekindagi tantanali harbiy paradda ishtirok etdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Piskent tumanida xalq deputatlari Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Piskent tumanida xalq deputatlari Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Jumladan:

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B. Rashidov madaniyat muassasalari holati, sport infratuzilmasi va ommaviy dam olish maskanlari haqida axborot berdi.

Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B. Julbarisov mahalliy budjet ijrosi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan “g‘olib” loyihalarni moliyalashtirish va kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan ma’ruza qildi. Piskent tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Sh. Ubaydullaev sanitariya holati va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi. 


 


 

Slide 1 of 5