Bugun, 29-iyul kuni, Mirobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Anvar Nazarovich Sayfutdinov rahbarligida va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida aholi tomonidan turli yo‘nalishlardagi muammoli masalalar bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi. Jumladan:
🟢 uy-joy bilan ta’minlash;
🟢 ko‘p qavatli uylarda qurilish va ta’mirlash ishlariga oid noroziliklar;
🟢 yerto‘la va avtoturargohlar bilan bog‘liq muammolar;
🟢 ish bilan ta’minlash va ijtimoiy ko‘makka oid masalalar.
‼️ Qabulda bildirilgan murojaatlardan ayrimlari joyida hal etildi. Ba’zilari bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaat qanoatlantirildi.
⏳ Ijrosi ma’lum vaqt talab etuvchi masalalar yuzasidan hokim tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga anik topshiriqlar berildi va ularning shaxsiy nazoratiga olindi.
❗️ Shuningdek, ish so‘rab kelgan fuqarolardan biri bo‘yicha, masala mahalla darajasida to‘liq o‘rganilmagani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan chora ko‘rish va fuqaroning muammosini hal etish yuzasidan alohida topshiriq berildi.