Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Yangi avlod – yangi tafakkur, yangi maqsad”
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Milliylik – bu faqat kiyim yoki taom emas, bu yurakdagi tuyg‘u.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna tomonidan tumandagi 71-, 75- va 98-sonli umumta’lim maktablarining 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich tomonidan Juvozxona mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat umumta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Maqsud Musurmonov tomonidan maktablarining 2025-2026-o'quv yiliga tayyorligi borib o'rganildi.
янв.21
Maktablarda 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Tuman Kengashi Deputati M. Kazakova 80-umum ta'lim maktabini borib o‘rgandi.
Muxtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti yuzasidan Xalq deputatlari Do'stlik Tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Xalilovning munosabati

 Joriy yil 20 avgust kuni Muxtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazadi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. 

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv ilk bor 2021 yil 20 avgustida oʻtkazilgan edi.
Oʻshanda prezident 20 avgustni Tadbirkorlar kuni deb e'lon qilishni taklif qilgan edi. Shundan buyon uchrashuvlar an'anaviy ravishda oʻtkazib kelinmoqda.
Shu kungacha tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 1 mingga yaqin taklif va tashabbuslar qonun va qarorlarda oʻz aksini topdi. Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
“Koll-markaz” orqali 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.
 

Uchrashuvda prezident ushbu murojaatlarni oʻrganish asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yanada koʻp qulaylik yaratishga qaratilgan yangi echimlarni ilgari surdi.Ushubu kunda Muhtaram Prezidentimiz tadbirkorlar bilan beshinchi ochiq muloqot doirasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmonga imzo chekdi. 

🟢 Farmonning asosiy yo‘nalishlari: 

️ 2026–2027-yillarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 270 trln so‘m
mablag‘ yo‘naltiriladi.
 

️ Kreditlash tizimida yangi skoring tizimi joriy etilib, tadbirkorlar uchun
imkoniyatlar kengayadi.
 

️ Soliq yengilliklari: 2026-yildan QQS to‘lovchi yangi tadbirkorlar bir yil
davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi.
 

️ Turizmni rivojlantirish dasturi qabul qilinib, mehmonxona va infratuzilma
loyihalari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
 

️ Jarimalar va tekshiruvlar bo‘yicha tartiblar sezilarli darajada
soddalashtiriladi.
  

Slide 1 of 1