Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Yangi avlod – yangi tafakkur, yangi maqsad”
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Milliylik – bu faqat kiyim yoki taom emas, bu yurakdagi tuyg‘u.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna tomonidan tumandagi 71-, 75- va 98-sonli umumta’lim maktablarining 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich tomonidan Juvozxona mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat umumta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Maqsud Musurmonov tomonidan maktablarining 2025-2026-o'quv yiliga tayyorligi borib o'rganildi.
янв.21
Maktablarda 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Tuman Kengashi Deputati M. Kazakova 80-umum ta'lim maktabini borib o‘rgandi.
“Ayol va jamiyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Ayol va jamiyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona tumani kengashi tomonidan kengash raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bumayram Sobirova tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi, Tinchlik mahalla faollari hamda aholi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mahalla binosida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy ajrimlar sabablari va ularni kamaytirish yo‘llari, diniy mutaassiblikka qarshi kurash, milliy qadriyatlarimiz bardavomligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasi va ayollar bandligi masalalari muhokama etildi.

Davra suhbatida viloyat “Targ‘ibot” guruhi rahbari Sayyora Alimova, tuman Kengashi deputati B.Sobirova ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Suhbat jarayonida mahalla faollari, notinch oilalar vakillari, nuroniy onaxonlar hamda yosh kelinlar ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Slide 1 of 1