Ayni kunlarda Pastdarg'om tumanining barcha mahallalarida xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman hokimligi vakillaridab tuzilgan ishchi guruh tomonidan muammolar, bandlik, tomorqa, obobodonlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, hujjat ishlari bo‘yicha o‘rganish va monitoring ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, bugun hududdagi Elbek va Amir Temur mahallalarida aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi tomorqasi va hududlarni obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib boridi.
O‘rganish davomida aholi tomorqalariga serhosil daromad beruvchi mahsulot ekish, aholi bandligini taʼminlash, tomorqadan unumli va oqilona foydalanish, quyosh panellari o'rnatilishi holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish ishlari hududning barcha mahallalarida davom etadi.