DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi ”ning 2025-yil 11-iyulda navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibiga 6 ta masala kiritilgan bo'lib, bular:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekbardagi PQ-438 sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda axoli turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yilning I-yarim yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarlarining hisoboti to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumanida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish yo‘nalishida joriy yil 6 oyi mobaynida tumanda olib borilayotgan ishlar haqida tuman hokimining o‘rinbosari F.Naimovning hisoboti to‘g‘risida.
3. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 18-aprelidagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan tuman hokimlarining hisobotlarini eshitib borish to‘g‘risida”gi KQ-334-VI-sonli qarori asosida 2025-yil II-choragi yakunlari bo‘yicha tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Safarqulovning hisoboti haqida.
4. Jarqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2025-yil II chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan shakillangan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi huzurida tashkil qilingan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish” to‘g‘risida.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-15-sonli qarori asosida Jarqo‘rg‘on tumanida ishbilarmonlik muhitining holati, tadbirkorlik sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining ijrosi natijadorligi va zamonaviy texnologik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qilish yuzasidan rahbarlarning hisbotlarini deputatlar muhokamasiga qo'yildi, doimiy komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan kun tartbidagi masalalar yuzasidan savol va takliflar bildirilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga tasdiqlash va muhokama qilish uchun kiritildi.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi