Deputat o‘z axborotida chorak davomida mahalla va tuman miqyosida olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlarga to‘xtalar ekan, aholining murojaatlari asosida joylarga chiqqan holda muammolarni o‘rganish, sohalar bo‘yicha mas’ul idoralar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqilganini ta’kidladi. Jumladan, noqonuniy qurilishlar holatini bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, oqova va issiqlik ta’minotidagi uzilishlarga oid murojaatlar asosida 2 marotaba sayyor qabullar tashkil etilib, qolganlari bo‘yicha deputatlik so‘rovlari asosida mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.️ Hisobot yakunida fuqarolar Umida Baxramovnaning 6 oylik faoliyati yuzasidan fikrlarini aytib oʻtish bilan birga deputatning kelgusi ishlariga oʻz takliflarini berishdi.