O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.
Bu esa, deputatning saylovchilari oldidagi mas'uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Djumaboyeva Dilafruz Nabijonovna ham 13-Furqat saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi.
Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o’rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi.