Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Navbatdagi sessiya jarayonlariga tayorgarlik
янв.21
Fuqarolar muammolari tinglanmoqda: Payariqda navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oilaviy ajrimlar: Muammo va uning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot
янв.21
Xalq vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz uchrashuv
янв.21
Tuman maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatning saylovchilari bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: Deputat L.Jamalova "Sarbozor" va "Taraqqiyot" mahallalarida axborot uchrashuvi o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatalari payariq tumani Kengashi deputati saylovchilar bilan axborot yig‘ilishi o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna ham o'z saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tildi hamda kelgusidagi rejalar to'g'risida saylovchilarga axborot berildi.
Mahalliy Kengashlarning byudjet mablag‘larini nazorat qilish faoliyati takomillashtirilmoqda.

Mahalliy Kengashlarning byudjet mablag‘larini nazorat qilish faoliyati takomillashtirilmoqda. • 27 июня в 18:10

Mazkur Farmon bilan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qancha muhim vakolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Shulardan biri bu mahalliy Kengashlarning byudjet mablag‘larining sarflanishi ustidan Kengash nazoratini amalga oshirib borishidir.

Bunda mahalliy Kengashlar tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilishda birinchi navbatda tuman hokimligi tomonidan qabul qilinadigan ichki audit xizmati xulosalarini Kengash sessiyalarida muhokama qilib borish amaliyoti joriy etiladi. 

Shuningdek, Farmonda mahalliy byudjetni tasdiqlash hamda uning ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarning hisobotini sessiya majlislarida eshitish vaqtida Hisob palatasi mas’ul vakilining ishtirok etishi belgilanmoqda.

Bu orqali esa Hisob palatasi mas’ul vakilining fikr va xulosalari asosida byudjet mablag‘larining sarflanishi bilan bog‘liq holatlarning deputatlar uchun yanada tushunarli bo‘lishiga erishiladi.

Hisobot eshituvi davomida yuzaga kelgan shubhali ma’lumotlar haqida Hisob palatasi vakilining fikrlari eshitiladi.

Bundan tashqari byudjetni shakllantirish jarayoniga mahalliy Kengash deputatlarini faol jalb qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali aholining turmush farovonligini yanada oshirish nazarda tutilmoqda.

Kengash tomonidan tasdiqlangan byudjetni hamda uning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni sessiya muhokamasidan so‘ng “E-Kengash” platformasi orqali e’lon qilib borish amaliyoti joriy etilmoqda.

Bu esa deputatlarning o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyatini oshishiga, deputatlik vazifalarini ochiq va shaffof bajarilishiga olib keladi.

Misol uchun, mahalliy Kengash deputati o‘z hududidagi mavjud holatlarni aniqlashi, aholi muammolarini o‘rganib borishi orqali o‘zining byudjet mablag‘lari hisobidan sarf qilinishi mumkin bo‘lgan takliflarini ishlab chiqadi hamda ularni mahalliy Kengash sessiyalarida muhokama qilib navbatdagi yil byudjet parametrlariga kiritilishini ta’minlaydi.

Ushbu Farmon bilan mahalliy Kengashlarga bundan boshqa yana ko‘plab vakolatlar berilmoqda. Bu esa biz deputatlardan qo‘shimcha intilish va ishtiyoq bilan ishlashni, xalqimiz va saylovchilarimiz oldida yanada ko‘proq mas’uliyat his qilishimizni talab etadi.

Qurbonov Akmal Jalolovich

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi