Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH, AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT
янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA: MARKAZIY CHIQINDIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA: MARKAZIY CHIQINDIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

AHOLI MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA: MARKAZIY CHIQINDIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan aholi murojaatlari va ko‘tarilgan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 Deputatning saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida Parkent tumanidagi “Qo‘shshukr”, “Samarobod” va “Navro‘z” mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan markaziy chiqindixona faoliyati bilan bog‘liq qator muammolar ko‘tarildi. Xususan, chiqindixonaning aholi yashash hududlariga yaqin joylashgani, chiqindilarni qayta ishlash va zararsizlantirish masalalari, shuningdek, chiqindilardan hosil bo‘layotgan gazlarning yonishi hamda yoqimsiz hidlarning tarqalishi aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani bildirildi.
⚠️ Fuqarolarni tashvishga solayotgan mazkur holatlar hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash, aholi salomatligini muhofaza qilish va yashash sharoitlarini yanada qulaylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
📌 Aholi murojaatlari deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqilib, aniqlangan muammolar yuzasidan Parkent tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Akramovga 2026-yil 23-oktabrda 61-ds-485-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 Deputatlik so‘rovida markaziy chiqindixona faoliyati bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan talablar asosida qayta ishlash hamda zararsizlantirish, chiqindixonada gazlarning yonishini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari ko‘tarildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda belgilangan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari to‘g‘risida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
🔥 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni mas’ullar oldiga qo‘yish va ularning amaliy yechim topishi ustidan deputatlik nazoratini olib borishdir.
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularning bartaraf etilishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3