Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputatlari A. Isroilov va J. Yoqubov 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazdilar.
Muloqot davomida dars mashg‘ulotlarining samarali tashkil etilishi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, maktabdagi mavjud sharoitlarni yaxshilash, ta’lim muhitida xavfsizlikni ta’minlash hamda yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Deputatlar ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar berdilar.