Sovuq kunlarda bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, ta’lim tashkilotlarida issiqlik ta’minotining barqarorligini ta’minlash — muhim vazifalardan biridir. Shu bois kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ayniqsa, qozonxona va isitish tizimlarining texnik holati deputatlar e’tiborida.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputatlari A. Isroilov va J. Yoqubov Sarmich mahallasida joylashgan 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida qozonxonaning texnik holati, isitish tizimining ishlashga tayyorligi, issiqlikning xonalarga bir maromda yetkazib berilishi hamda mavsum davomida tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.