Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH, AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT
янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MUAMMO YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA: MARKAZIY CHIQINDIXONA FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi D.Axmedov faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida hokim yordamchisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularning bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

🔵Shuningdek, “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini aniqlash va tegishli ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

🔵O‘rganish natijalariga ko‘ra, hokim yordamchisining faoliyati qoniqarli deb baholandi. Shu bilan birga, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1