Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
🚨 Jinoyatchilikni bartaraf etish choralari deputatlar nazoratida

🚨 Jinoyatchilikni bartaraf etish choralari deputatlar nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O. Sherov hamda deputat I. Xolov hamkorligida tumandagi Zarafshon va Obod mahallalarida jinoyatchilikni kamaytirish va “qizil” hududdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🏦O‘rganish davomida tuman prokurorining axboroti hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktik tadbirlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.
🏦Deputatlar mas’ullarga jinoyatchilikning sabablarini chuqur tahlil qilish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda mahalla faollari bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.
🏦Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 7