Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti oldidan hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.
🇺🇿 Ana shunday o‘rganishlardan biri Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Beshkappa” mahallasida amalga oshirildi.
📌 O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori Abduvaliyev Asadbek Maxamat o‘g‘lining jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Ayniqsa, jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda profilaktik tadbirlarni tashkil etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Muhokamalar davomida “Beshkappa” mahallasida joriy yilning o‘tgan davrida birorta ham jinoyat holati qayd etilmagani ta’kidlandi. Ushbu natijada fuqarolar bilan manzilli ishlash, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikning ahamiyati qayd etildi.
📌 Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududga jami 20 ta zamonaviy videokuzatuv kamerasi, jumladan, 3 ta yuzni aniqlovchi kamera o‘rnatilgani ma’lum qilindi.
📌 Profilaktika inspektori tomonidan yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda alohida nazoratdagi fuqarolar bilan individual ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
📌 O‘rganish yakunida deputat tomonidan tungi vaqtda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur hududlarga qo‘shimcha yoritish moslamalarini o‘rnatish yuzasidan takliflar bildirildi.
🟢 O‘rganish natijalari navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi va sessiyada tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisobotini xolisona ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚠️ Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot va aholi farovonligining muhim kafolati!

Slide 1 of 1