Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

“Navnihol” mahallasida PF-193-son Farmon ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Dilshod Soliyev tomonidan “Navnihol” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Farmonda belgilangan vazifalarning mahallada amalga oshirilishi, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish va kichik biznesni rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish va belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3