Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 44-sessiyasi o'tkazildi

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 44-sessiyasi o'tkazildi

Sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korhona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimining OAV vakillari ishtirok etdi.

🗓 Sessiya kun tartibida 6 ta masala ko'rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.

1️⃣ Oqqo‘rg‘on tuman prokurorining 2026- yil 9 oy davomida tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, uning omillarini bartaraf etish hamda tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquq-tartibotni kuchaytirish , jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalari yuzasidan axborot to‘g‘risida;

2️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;

3️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risida;

4️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani  “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman “Yoshlar markazi” binosining moddiy-texnik bazasini yangilash to‘g‘risida;

5️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi holati to‘g‘risida tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘linmasi bosh mutaxassisining 2026-yil III-chorak yakuni bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

6️⃣ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 23-sentabrdagi VII-42-100-10-133-K/26-sonli qarorini qonunchilikka muvofiqlashtirish to‘g‘risida;      

Sessiya kotibi etib 24-“Xosildor” saylov okrugidan saylangan deputati Xudaynazarova Ulug‘oy Ismailovna saylandi.

✍️ Qabul qilingan qarorlar "E-Kengash.gov.uz" saytida e'lon qilindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 11