Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi

 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovnaning topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov Ekspert guruhi a’zosi bilan birgalikda “Xalqlar do‘stligi” MFY hududida olib borilayotgan kanalizatsiya tarmoqlari qurilishini joyiga chiqib o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, loyiha talablariga rioya etilishi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘rib chiqildi.

🏗 Shuningdek, qazish ishlari yakunlanganidan so‘ng qum va tuproq qoldiqlarini o‘z vaqtida olib chiqish, chang-to‘zonning oldini olish hamda qazilgan joylarni qayta tiklash zarurligiga e’tibor qaratildi.

🌱 Qurilish ishlari tugallangan hududlarda tozalikni saqlash, tartibni tiklash va obodonlashtirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

O'rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar deputat va Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.

Slide 1 of 3