Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“QIZILSOY” MAHALLASIDA YANGI MAKTAB QURILISHI MASALASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“PARKENT TONGI” GAZETASIDA DEPUTATLAR FAOLIYATI YORITILIB BORILMOQDA
янв.21
DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI, HUDUDLAR TOZALIGI VA BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#sessiya-jarayon #muhokama

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 53-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni eng ko‘p deputatlik o‘rniga ega O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) deputatlik guruhi rahbari Behzod Salimov olib bordi.

Sessiya ishida Kengash deputatlari, siyosiy partiyalarning shahar Kengashlari raislari hamda tegishli tashkilot, idora va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Kengash kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi va muhokama qilindi:
1. Olmaliq shahar mahalliy budjetining 2026-yil 2-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar yo‘naltirish to‘g‘risida.
2. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil 11-sentabrdagi VII-52-76-10-147-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 462-sonli qaroriga asosan Olmaliq shahridagi mahallalar kesimida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash to‘g‘risida.
4. Olmaliq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengashning doimiy komissiya raislari xulosalari hamda deputatlarning mulohazalari eshitildi. Muhokamalar yakuniga ko‘ra, shahar rivojlanishi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar bir ovozdan qabul qilindi.

Sessiyada ayrim deputatlar onlayn tarzda ishtirok etganligi sababli Sanoq komissiyasi hamda Sessiya kotibining yakuniy axborotlari tinglandi va tasdiqlandi.

Ochiqlik va shaffoflik: Sessiya jarayoni jamoatchilik uchun to‘liq ochiq tarzda, shahar Kengashining rasmiy Facebook sahifasi orqali jonli efirda uzatildi.

Slide 1 of 9