Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
“XURSHID” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI: IKKITA MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ “XURSHID” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI: IKKITA MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov tomonidan Uchtepa tumanidagi 23-“Istirohat” saylov okrugiga qarashli “Xurshid” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi”, mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, aholi murojaatlarini tinglash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakatini tartibga solish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

🔎 Deputat Muxtor Ilhomov fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni bevosita o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan mahalla mas’ullari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib bordi.

📹 Xususan, 40-uy bo‘yicha uy vakili Dilorom Tojiboyeva ko‘p qavatli turar joy oldiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi ishlamayotgani yuzasidan murojaat qildi. Mazkur holat aholi xavfsizligini ta’minlash va turar joy atrofida jamoat tartibini saqlash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilib, muammo uchrashuv davomida joyida hal etildi.

🚦 Shuningdek, mahalla fuqarosi Qobiljon Yunusov tomonidan To‘qimachi va Atoiy ko‘chalari kesishmasidagi svetoforning yaxshi ishlamayotgani haqida murojaat bildirildi. Yo‘l harakati ishtirokchilari, ayniqsa, piyodalar xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan ushbu masala ham tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, joyida o‘z yechimini topdi.

📁 Uchrashuvda hududning sanitariya holati bilan bog‘liq yana bir dolzarb masala ko‘tarildi. Aholining bildirishicha, tadbirkor tomonidan sotib olingan yer maydoni chiqindilar to‘planadigan hududga aylanib qolgan. Bu esa mahalla obodligi va atrof-muhit tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi yuzasidan fuqarolar o‘z e’tirozlarini bildirdilar.

🏗 Mazkur murojaat yuzasidan Uchtepa tumani qurilish bo‘limiga ma’lumot yetkazildi. Hududning holatini tegishli mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqish va masalaga qonuniy yechim topish zarurligiga e’tibor qaratildi.

♻️ O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” va mahalla faollarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi mas’uliyati, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

💡 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida, xususan, mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlar holatini o‘rganish, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🔺 Deputat Muxtor Ilhomov ishtirokidagi uchrashuvda ko‘tarilgan uchta asosiy murojaatdan ikkitasi joyida hal etildi, tadbirkorga tegishli hududning chiqindixonaga aylanib borayotgani bilan bog‘liq masala esa ko‘rib chiqish uchun tuman qurilish bo‘limiga yetkazildi.

📉 Fuqarolar murojaatlarini bevosita mahallaning o‘zida o‘rganish, tezkor hal etish mumkin bo‘lgan masalalarga joyida yechim topish hamda boshqa muammolarni tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🗣 Aholi manfaatlarini himoya qilish, xavfsiz va obod mahalla muhitini shakllantirish hamda har bir murojaatga amaliy yondashish deputatlik nazoratining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6