Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Sabura Normetova tomonidan “Uch Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan buzilgan obyekt atrofidagi holat o‘rganildi.

⚖️QONUN IJROSI — AMALDA

O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, hududda sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

✅O‘rganish davomida buzilgan obyekt hududida to‘planib qolgan qurilish chiqindilari va boshqa qoldiqlarni olib chiqish, atrofni tozalash ishlari olib borilayotgani kuzatildi.

♻️ Hududni chiqindilardan tozalash, sanitariya holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun toza va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

📌 Deputatlik nazorati doirasida hududdagi tozalash va obodonlashtirish ishlari kuzatib borilib, mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan talablarning bajarilishiga e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2