Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI HAMDA HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR HOLATI O'RGANILDI
янв.21
PARKENTSOY TURAR JOY MAJMUASIDA CHIQINDI YIG‘ISH JOYINI TASHKIL ETISH MASALASI — DEPUTAT SO‘ROVIDA
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O'RGANILDI
янв.21
QONUN IJROSI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NORMA IJODKORLIGI VA YANGI QABUL QILINGAN QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI YUZASIDAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

Tuman Kengashi deputati M.Omonliqov tomonidan Qangli mfyida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar muammolarini manzilli o‘rganish yuzasidan xonadonbay va ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish, moddiy va ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud boshqa muammolari atroflicha o‘rganilmoqda.
Bildirilgan murojaat va takliflar deputatning yon daftariga qayd etilib, har bir masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinmoqda.
Ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni doimiy yoki mavsumiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1