Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NORMA IJODKORLIGI VA YANGI QABUL QILINGAN QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI YUZASIDAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
AKADEMIK LITSEYDA SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
6-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: XURRIYAT MAHALLASIDAGI CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN HAMKORLIK — MUHIM QADAM!
BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan saylov okrugidagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida deputatlik nazorati doirasida tegishli deputat so‘rovi chiqarildi.
📍 Muammo nimada?
👨‍👩‍👧‍👦 Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, shuningdek, “Bo‘ston” mahallasi nuroniylari va faollari bilan suhbatlar davomida mahalla hududida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalar maydonchasi qoplamasi o‘yilib, yaroqsiz holatga kelib qolgani masalasi ko‘tarildi.
⚠️ Maydoncha qoplamasining nosoz holati bolalarning ochiq havoda o‘ynashi va mashg‘ulotlar vaqtida undan xavfsiz foydalanishiga to‘sqinlik qilishi, shuningdek, turli jarohatlanish xavfini yuzaga keltirishi mumkin.
🛝 Deputat so‘rovida qanday masalalar ko‘tarildi?
📄 Mazkur muammo yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Akramovga deputat so‘rovi yuborilib, quyidagilar so‘raldi:
🔹 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalar maydonchasining mavjud holatini o‘rganish;
🔹 yaroqsiz holga kelgan qoplama qismlarini ta’mirlash va belgilangan talablarga muvofiq tiklash choralarini ko‘rish;
🔹 bolalar maydonchasidan xavfsiz foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
🔹 muammoni bartaraf etish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish muddatlari hamda hozirga qadar bajarilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish.
⚖️ Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari yo‘lida!
📌 Deputat so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq chiqarildi.
❗️Shuningdek, deputat so‘rovini ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etish va unga asoslantirilgan javob taqdim qilish mas’uliyati qonunchilikda belgilangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasida deputat so‘roviga oid talablarni buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
🎯 Asosiy maqsad — bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsiz muhitni ta’minlash hamda saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni amaliy hal etishga erishish.
➡️ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari va hududlardagi dolzarb masalalarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2