Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
OLIY TA’LIMNI TAMOMLAGAN YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBORDAGI MASALA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT: AHOLI HUQUQIY MANFAATLARI YO‘LIDA HAMKORLIK
янв.21
MAKTABGA QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI QURILISHI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“INNOVATSION FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI HAMDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA!
янв.21
OAV BILAN HAMKORLIK — OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING MUHIM OMILI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI YUZASIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
BO‘RSILIQ MFY SAMAROBOD KO‘CHASIDAGI ESKI SIMYOG‘OCHLAR MASALASI DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA NAZORATGA OLINDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI: TIRBANDLIK VA YTHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
OAV BILAN HAMKORLIK — OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING MUHIM OMILI

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholining xabardorligini oshirish hamda muhim voqea-hodisalarni keng jamoatchilikka tezkor yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.
🏛 Tuman hokimligi muassisligidagi “Parkent tongi” gazetasi ham tumanning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga oid muhim jarayonlarni muntazam yoritib kelayotgan nashrlardan biridir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi va OAV bilan hamkorligi ham jamoatchilikni deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilayotgan ishlar va dolzarb ijtimoiy masalalar haqida xabardor qilishga xizmat qilmoqda.
📰 Jumladan, “Parkent tongi” gazetasining 2026-yil 1-oktyabrdagi sonida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovnaning “Bolalar himoyasi masalasida” nomli maqolasi chop etildi.
🛡 Mazkur maqola orqali bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ushbu yo‘nalishdagi dolzarb masalalarga jamoatchilik e’tiborini qaratish hamda sohaga oid muhim fikrlarni keng jamoatchilikka yetkazishga imkon yaratildi.
📌 OAV bilan samarali hamkorlik deputatlik faoliyatining ochiqligini ta’minlash, saylovchilar bilan olib borilayotgan ishlarni keng yoritish va hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik xabardorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🟦 Ochiq muloqot — jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikning muhim vositasidir.

Slide 1 of 1