Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI HAMDA HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR HOLATI O'RGANILDI
янв.21
PARKENTSOY TURAR JOY MAJMUASIDA CHIQINDI YIG‘ISH JOYINI TASHKIL ETISH MASALASI — DEPUTAT SO‘ROVIDA
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O'RGANILDI
янв.21
QONUN IJROSI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NORMA IJODKORLIGI VA YANGI QABUL QILINGAN QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI YUZASIDAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Madjidov Yashnobod tumanidagi “Donishmand” mahallasida sayyor uchrashuv o‘tkazib, aholini qiynayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid takliflarni o‘rgandi.

🔺 Uchrashuvda “Donishmand”, “Katta Yangiobod” va boshqa mahallalarning “yettiligi” vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida hududlarda mavjud muammolar va aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan masalalar muhokama qilindi.

🚌 Xususan, jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi. Aholining jamoat transportidan qulay foydalanishi uchun mavjud sharoitlarni yaxshilash zarurligiga e’tibor qaratildi.

🗣 Mazkur masala mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati va aholi uchun ulardan foydalanish qulayligini o‘rganish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

♻️ Uchrashuvda ko‘tarilgan yana bir muhim masala — hududda zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish bo‘ldi. Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning faol va sog‘lom ulg‘ayishi uchun mahallalarda tegishli infratuzilmani rivojlantirish zarurligi muhokama qilindi.

📉 Mazkur taklif ham mahalliy Kengash deputati faoliyatining bolalar va yoshlar uchun sport va dam olish infratuzilmasining mavjudligi hamda uning holatiga e’tibor qaratish yo‘nalishi bilan uyg‘un holda ko‘rib chiqildi.

🎓 Sayyor uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalaga ham alohida e’tibor qaratildi. “Donishmand” mahallasidagi 227-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchisi M. Vohidovning O‘zMU olimpiadasi g‘olibi bo‘lgani munosabati bilan imtiyoz asosida talabalikka qabul qilinishi masalasi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

📚 Yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon qilishi va erishgan yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash mahallalarda yoshlar bilan ishlashning muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

💡 Inomjon Madjidov mahalla “yettiligi” vakillari bilan muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlarni tinglab, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish masalalariga e’tibor qaratdi.

📨 Uchrashuv yakunida jamoat transporti va avtobus bekatlari, bolalar maydonchasini tashkil etish hamda uchrashuvda ko‘tarilgan boshqa masalalarni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

🔎 Mahallalardagi masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholining fikr va takliflarini tinglash hamda ularni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🤝 Aholi bilan ochiq muloqot — hududdagi real ehtiyojlarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha manzilli choralarni belgilashning muhim omilidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6