Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI HAMDA HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR HOLATI O'RGANILDI
янв.21
PARKENTSOY TURAR JOY MAJMUASIDA CHIQINDI YIG‘ISH JOYINI TASHKIL ETISH MASALASI — DEPUTAT SO‘ROVIDA
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O'RGANILDI
янв.21
QONUN IJROSI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NORMA IJODKORLIGI VA YANGI QABUL QILINGAN QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI YUZASIDAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Neʼmatjon Mo‘minov o‘zi saylangan “Nukus” mahallasida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan fuqaro Sh.M ning oilaviy va ijtimoiy holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida oilaning asosiy muammolaridan biri — ishsizlik masalasi aniqlanib, uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Natijada fuqaro yashash joyiga yaqin hududdagi xususiy korxonaga ishga joylashtirilib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida belgilangan imtiyozlar doirasida zarur dori-darmon vositalari bepul berildi.
Deputat tomonidan oilaga ijtimoiy reyestr doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar holati doimiy nazoratga olindi.
📌 Asosiy maqsad — ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolarini aniqlash, ularni manzilli hal etish va oilalarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini taʼminlash.