Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI HAMDA HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR HOLATI O'RGANILDI
янв.21
PARKENTSOY TURAR JOY MAJMUASIDA CHIQINDI YIG‘ISH JOYINI TASHKIL ETISH MASALASI — DEPUTAT SO‘ROVIDA
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O'RGANILDI
янв.21
QONUN IJROSI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NORMA IJODKORLIGI VA YANGI QABUL QILINGAN QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI YUZASIDAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Hududiy investitsiya loyihalarining ijrosi o‘rganildi

Hududiy investitsiya loyihalarining ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi hududidan saylangan deputat K. Abdullayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning manzilli ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish Bunyodkor MFY hududida amalga oshirilib, mahallada faoliyat yuritayotgan hududiy investitsiya loyihalari, jumladan:

🔹 “ASL ORGANIK LIMON” MChJ — issiqxona tashkil etish loyihasi;
🔹 “LIMON ARGANIK” MChJ — issiqxona tashkil etish loyihasi;
🔹 “ORGANIC-LIMON” MChJ — issiqxona tashkil etish loyihasi
faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi mutaxassisi K. Sagizov ishtirokida tashkil etildi.