Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
JAMOAT TRANSPORTI: QATNOVLAR MUNTAZAMLIGI, XIZMAT SIFATI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLAR QARORI — TUMANIMIZ RIVOJI VA AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM
янв.21
UMUMTA’LIM MAKTABINING SPORT ZALI VA UNDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, JIHOZLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI BILAN BOLALAR SPORTI VA SAN’ATIGA 195 MILLION SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI!
янв.21
AHOLI EHTIYOJLARI O‘RGANILDI: BOZORDAGI NARX, SIFAT VA MAHSULOTLAR MAVJUDLIGI NAZORATDA
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA QATNOVLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bandligi — doimiy e’tibor va amaliy yondashuvni talab qiladigan muhim masala.
UMUMTA’LIM MAKTABINING SPORT ZALI VA UNDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, JIHOZLAR HOLATI O‘RGANILDI

Yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishida sportning o‘rni beqiyos. O‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun ta’lim muassasalarida zarur sharoitlarning mavjudligi muhim ahamiyatga ega.
🇺🇿 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar va yoshlar uchun yaratilgan sport sharoitlari jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida, avvalo, maktab sport zalining holati hamda unda mavjud sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasiga e’tibor qaratildi.
✅ Jumladan:
❇️ sport mashg‘ulotlari uchun zarur jihoz va anjomlarning mavjudligi;
❇️ to‘p va boshqa sport inventarlarining holati;
❇️ sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar;
❇️ mavjud jihozlarning foydalanishga yaroqliligi;
❇️ sport anjomlarining texnik va umumiy holati;
❇️ sport zalining tozaligi va mashg‘ulotlar uchun tayyorligi;
❇️ o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📌 Sport anjomlarining nafaqat mavjudligi, balki ularning soz, xavfsiz va foydalanishga yaroqli holatda bo‘lishi ham alohida ahamiyatga ega. Chunki sifatli sport jihozlari o‘quvchilarning mashg‘ulotlarni to‘laqonli va xavfsiz o‘tkazishiga xizmat qiladi.
❇️ Shuningdek, sport zalidan o‘quvchilar tomonidan foydalanish holati, jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish imkoniyatlari ham o‘rganildi.
❇️ O‘rganish davomida maktab mas’ullari bilan sport zalining mavjud imkoniyatlari, sport anjomlarini asrash va ulardan samarali foydalanish, shuningdek, kelgusida zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihozlar masalalari yuzasidan fikr almashildi.
❇️ Sportga yaratilgan sharoit — sog‘lom avlod tarbiyasining muhim qismidir. O‘quvchilarning futbol , voleybol , basketbol va boshqa sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi ularning jismoniy chiniqishi bilan bir qatorda, intizom, jamoaviylik va iroda kabi fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
➡️ Jamoatchilik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar orqali maktablarda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsad qilinadi.
‼️ Yoshlar sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish — sog‘lom kelajak uchun muhim qadamdir!
⚽️🏀🏐 Sport anjomlari — mavjud, soz va xavfsiz bo‘lsa, yoshlarning sportga qiziqishi va mashg‘ulotlar samaradorligi yanada ortadi.

Slide 1 of 4