Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NORMA IJODKORLIGI VA YANGI QABUL QILINGAN QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI YUZASIDAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
AKADEMIK LITSEYDA SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
6-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: XURRIYAT MAHALLASIDAGI CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
EKSPERT GURUHI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#okrugda_o'rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bag'rikeng" mahallasida aholi murojaatlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 11-“Bag'rikeng” saylov okrugidan saylangan deputat J.Abdinazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar "Bag'rikeng" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak hamda ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan murojaatlar ro‘yxatga olinib, ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi Kengash tomonidan nazorat qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1