Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI VA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI “LOLA” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
OLIY TA’LIMNI TAMOMLAGAN YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBORDAGI MASALA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT: AHOLI HUQUQIY MANFAATLARI YO‘LIDA HAMKORLIK
янв.21
MAKTABGA QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI QURILISHI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“INNOVATSION FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI HAMDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA!
янв.21
OAV BILAN HAMKORLIK — OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING MUHIM OMILI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI YUZASIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Bag‘rikeng” mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi

✅Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 11-Bag'rikeng saylov okrugidan saylangan deputat J.Abdinazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar “Bag‘rikeng” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

✅O‘rganishlar deputatlik faoliyatining “Eng muhim 24 ta yo‘nalishi” hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni ijrosi doirasida tashkil etildi. Tadbir davomida Hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning manzilliligi hamda yangi biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.

✅Shuningdek, deputatlar mahalla aholisi bilan uchrashib, ularning tadbirkorlik borasidagi taklif va murojaatlarini tingladilar.

✅Tashrif yakunida mahalladagi ichki imkoniyatlardan unumli foydalanish va daromad manbalarini ko‘paytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1