Taxiatosh dehqon bozorida aholi ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini zanjirli kuzatish ishlari izchil davom etmoqda.
🏛 Tashrif buyurgan ishchi guruh: Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari Matniyazov Akbar Qadirovich, Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich, Turdiyev Anvar Xaytbayevich hamda Kengash qoshidagi “Ekspert guruhi” a’zolari.
🔍 E’tibor markazidagi asosiy masalalar:
Guruch mahsulotlarining savdo rastalaridagi hajmi va omborlardagi mavjud zahirasi;
Narxlarning sun’iy oshirilmasligi va aholiga uzluksiz yetkazib berilishi.
O‘rganish davomida tadbirkorlar hamda xaridorlarning fikr-mulohazalari tinglanib, bozordagi real taklif va talab darajasi qayd etib olindi.
⬇️ Aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ta’minoti bo‘yicha deputatlik nazorati davom etadi.