Fuqaro murojaati joyida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi
✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining Kosiblar saylov okrugidan saylangan deputati Z.O‘zbekova fuqaroning murojaati asosida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi.
✅ O‘rganish jarayonidaXalq depuatatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O'.Murodov, tuman Kengashi depuatatlari, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman Xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirok etib, fuqaroning yashash sharoiti, ijtimoiy holati va mavjud muammolari atroflicha o‘rganildi.
✅ Murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda fuqaroga mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab olindi.
✅ Bunday sayyor o‘rganishlar aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish, muammolarni chuqur o‘rganish va fuqarolarga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.