Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
JAMOAT TRANSPORTI: QATNOVLAR MUNTAZAMLIGI, XIZMAT SIFATI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLAR QARORI — TUMANIMIZ RIVOJI VA AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM
янв.21
UMUMTA’LIM MAKTABINING SPORT ZALI VA UNDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, JIHOZLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI BILAN BOLALAR SPORTI VA SAN’ATIGA 195 MILLION SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI!
янв.21
AHOLI EHTIYOJLARI O‘RGANILDI: BOZORDAGI NARX, SIFAT VA MAHSULOTLAR MAVJUDLIGI NAZORATDA
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA QATNOVLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bandligi — doimiy e’tibor va amaliy yondashuvni talab qiladigan muhim masala.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔎 SESSIYA OLDIDAN: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

📋 Bugungi sessiya majlisi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalardan biri — kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish borasida tumandagi ijro etuvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish masalasi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 Mazkur masalani chuqur o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib, mas’ul rahbar Sh. Egamberdiyev tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

📊 O‘rganish davomida 2026-yil yakuniga qadar kambag‘allik darajasini 5,0 foizdan 3,9 foizgacha kamaytirish, shuningdek, 823 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, “Individual rejalar” asosida oilalarni doimiy ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit, subsidiya va ssudalar ajratish, kasb-hunarga o‘qitish hamda norasmiy faoliyatni legallashtirish orqali barqaror daromad manbalariga ega qilish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📈 2026-yil yanvar–avgust oylarida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarni daromadli mehnat bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunga qadar 3 424 ta oila va 15 608 nafar oila a’zosi turli bandlik xizmatlari bilan qamrab olingani qayd etildi.

🏘 Shu bilan birga, tumanda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 9 ta mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilayotgani, jumladan, imtiyozli kredit, subsidiya va ssudalar bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilayotgani o‘rganildi.

🔎 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va ularning ijrosi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilib, mazkur ma’lumotlar sessiya muhokamasida inobatga olinadi.

🎯 Asosiy maqsad — sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani joyiga chiqib, aniq ma’lumotlar va amaliy natijalar asosida o‘rganish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash.

🏛 Joyidagi o‘rganish — asosli muhokama va samarali qaror uchun muhim qadam!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5