35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI. MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, YECHIMI BO‘YICHA AMALIY CHORALAR KO‘RILMOQDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA “QIZIL” VA “SARIQ” HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI, QO‘SHIMCHA MANBALARNING SARFLANISHI HAMDA BUDJET KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari J.Gaparov, kotibiyat mudiri M.Naimova, xodimlari hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi vakillari ishtirok etdi.  

Masala yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hisoboti tinglandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorning 4-bandiga muvofiq Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib borishi belgilangan. tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hisoboti tinglandi. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi balansida jami 182,43 km uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar mavjud boʻlib, ushbu kanallarda jami 19 ta gidrouzellar joylashgan. Mazkur, gidrouzellarda 90 dona gidrotexnik inshootlar va 90 dona (suv oʻlchash postlari) mavjud.  

Tumanda klaster va fermer xoʻjaliklari hisobidagi ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish 145 km rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 122 km
qismi betonlashtirildi, hozirda qolgan 23 km qismida betonlashtirish ishlari davom yetmoqda.  

Tuman chegarasidan vegitatsiya mavsumida 228,5 mln.m3 suv olish limiti ajratilgan boʻlib, shundan 2026-yil hosili uchun 7116 gektar gʻalla maydonlarida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va sifatli suv yetkazib berilgan.  

Bugungi kunda 9353 gektar paxta maydonlarida, 4073 gektar aholi tomarqalarida hamda 5737 gektar boshqa yekin maydonlarini sugʻorish ishlarini amalga oshirish uchun oʻz vaqtida va sifatli suv yetkazib berilgan. Ushbu yetkazib berilgan suvning 11 foizi zovurlardan va 13 foizi sugʻorish quduqlaridan olinishiga erishilgan.  

Joriy yilning II chorak davomida suv isteʼmolchilariga 87,6 mln.m3 rejalashtirilgan boʻlib, amalda 90,7 mln.m3 yetkazib berildi.Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari J.Gaparovlar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilingan.   

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qaroriga asosan 2026-yilda tumandagi sugʻoriladigan ekin maydonlarida jami 3570 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish rejalashtirilgan. Shundan, 250 gektar gʻalla maydonlarida yomgʻirlatib sugʻorish, 680 gektar paxta maydonlarida, 30 gektar bogʻ maydonlarida va 50 gektar ekin maydonlarida tomchilatib sugʻorish 250 gektar paxta maydonlarida diskret sugʻorish, 190 gektar paxta maydonlarida plyonka toʻshab sugʻorish, 120 gektar paxta maydonlarida egiluvchan quvur yordamida sugʻorish, 2000 gektar ekin yerlarini lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.   

Tumandagi xoʻjalik ichki sugʻorish tarmoqlarini 2026-yilda 34 km qismi tozalanishi, 17 dona gidrotexnik inshoot taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning II choragida amalda 25 km ichki sugʻorish tarmogʻi tozalandi, 9 dona gidrotexnik inshootlar toʻliq taʼmirlanib foydalanishga topshirilgan.  

Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari J.Gaparov, M.Nurmuxamedovalar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.     

Slide 1 of 5