Yopiq taqsimlash qurilmasi faoliyati bilan tanishilmoqda
👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi va a’zolari ishtirokida tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
⚡️ O‘rganish davomida yopiq taqsimlash qurilmasining texnik holati, elektr taqsimlash panellarining ishlash tartibi, ulardan foydalanish jarayoni hamda uskunalarning ekspluatatsiya holati yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan ma’lumot berilmoqda.
📋 O‘rganish ishlari davom etmoqda.