Muhokamalar davomida budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, budjet intizomini mustahkamlash, budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎙 Shuningdek, mablag‘larni yo‘naltirish yuzasidan taqdim etilgan takliflar va asoslovchi hujjatlar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning hududdagi ustuvor ehtiyojlarni qoplashga qaratilgani ta’kidlandi.
🗳 Muhokamalar yakunida mazkur masala bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullanib, shahar mahalliy budjetining maqbullashtirilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.