35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA YER KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV TOMONIDAN “NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI. AHOLI BILAN MULOQOTDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
KENGASH RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV TOMONIDAN “NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 14-“Cho‘qqayma” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxriddin Janobovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.O‘rganish davomida markaz direktori D.Shoyo‘ldashev bilan suhbat o‘tkazilib, tumanda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlash,bandligini ta’minlash, shuningdek, sport va ta’limga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.Ma’lum qilinishicha, Parkent tumanida 2026-yil iyun
oyi holatiga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam olayotgan oilalar soni 1 747 tani tashkil etadi. Shundan 1 619 ta oila bolalar nafaqasi, 128 ta oila esa moddiy yordam olmoqda.Shuningdek, Reestrga kiritilgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 116 nafarni tashkil etib, shundan 88 nafari ayollar, 28 nafari erkaklardan iborat.Kompensatsiya oladigan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar soni jami 58 nafarni tashkil etadi. Ularning 44 nafari yolg‘iz keksalar, 14 nafari esa nogironligi bo‘lgan yolg‘iz keksalardir.Yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 52 nafar bo‘lib, shundan 39 nafari yolg‘iz yashovchi keksalar, 13 nafari nogironligi bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalardir.2026-yil yanvar-iyun oylarida yangidan aniqlanib,o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilganlar soni 22 nafarni tashkil etgan.Shuningdek, 2026-yilning 5 oyi yakuniga ko‘ra, jami 233 nafar nogironligi bo‘lgan hamda pensiya yoshidagi fuqarolarga protez-ortopediya mahsulotlari (POM) va reabilitatsiyaning texnik vositalari (RTV) yetkazib berilgan. Shundan 93 tasi protez-ortopediya mahsulotlari, 140 tasi esa reabilitatsiyaning texnik vositalarini tashkil etadi.Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash borasida ham muayyan natijalarga erishilgan. Xususan, 2026-yil uchun ijtimoiy himoya sohasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga asosan birinchi chorakda 57 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 132 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, reja ko‘rsatkichi 232 foizga bajarilgan.Ikkinchi chorak uchun esa 82 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni bandligini ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 95 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga belgilangan imtiyozlardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 7