Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A. Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, Qonunchilik palatasi deputati A. Eshboyev hamda Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripovlar hamkorlikda yoshlar yetakchilari faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida yoshlar yetakchilariga maxsus asbob-uskunalar topshirildi.
Tadbir yakunida tegishli mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yoshlar bandligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati Axborot xizmati