Янгиликлар

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘z deputatlik faoliyati doirasida okrugidagi “Istiqbol” va “Gulbog`” mahallari aholisi uchun tashkil etilgan ochiq muloqotda ishtirok etdi. Uchrashuvda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyat boshqarmasi hamda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Parkent tuman bo‘limi vakillari ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida mutasaddilar tomonidan fuqarolarga pensiya tizimidagi islohotlar, amaldagi tartib-qoidalar va yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng aholi vakillarining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. 

Slide 1 of 2