Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari joylarda aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lida tizimli ish olib bormoqda. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish amaliy natijalar bermoqda.
Xususan, Uzun tumanining Qarashiq mahallasida yashovchi aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi. Mazkur murojaat asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.
Ayni paytda ushbu hududda ichimlik suvi quvurlari tortish ishlari olib borilmoqda. Bu esa mahalla ahlining ko‘p yillik muammosiga yechim bo‘lib, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Fuqarolar manfaatini ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.